Mutrib asarlaridagi matn tafovutlari tahlili

Sohiba Madirimova
DOI: https://doi.org/10.47689/ulac-vol1-iss1-y2022-pp15-26
2023-05-23
Abstract:Ushbu maqolada Xorazm adabiy muhiti shoiri Muhammad Hasan Mutrib Hoji Tabib o‘g‘lining (1853–1923) lirik she’rlari matnshunoslik aspektida tadqiq qilingan. Shoirning nashr qilingan she’rlari, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida 903/IV, 906/VII raqami ostida saqlanayotgan qo‘lyozmalari, Laffasiyning 12561 raqamli tazkira qo‘lyozmasiva, Matnazar Pirnazarovning “Mutrib Xonaxarobiy (Risola majmua)”si, Bolta Davlatovning “Xorazm haqiqati” gazetasi (1991-yil, 20-iyul soni), “Guliston jurnali” (1974-yil 7-soni), Polvonnazir Bobojonov (Laffasiy. Tazkirayi shuaro. 1992) tomonidan nashr qilingan she’rlari qiyoslab o‘rganilgan. Mutrib devoni qo‘lyozmasini joriy imlodagi nashri bilan qiyosiy o‘rganish natijasida aniqlangan farqlar ilmiy tasnif etilgan va tahlil qilingan. Qiyosiy tahlillar natijasida Mutrib devonining mukammal nashrlarini tayyorlash matnshunoslik oldidagi dolzarb vazifalardan ekanligi ta’kidlangan.
What problem does this paper attempt to address?